Jizzaxdagi “zapravka”da “Jiguli” portlab ketdi

3-sahifa

−

image

Kecha, 23 iyun kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyasida “Jiguli” rusumli mashina portlab ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Hodisa soat 15:00 larda Sharof Rashidov tumani “Sovungarlik” MFY hududida joylashgan AGTKSda yuz bergan. VAZ-2106 rusumli avtomobilga yoqilg‘i to‘ldirish jarayonida portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, boshqa transport vositalariga zarar yetmagan.

Portlash natijasida yong‘in kelib chiqmagan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga chiqarilmagan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, VAZ-2106 transport vositasidagi nosozlik baxtsiz hodisaga sabab bo‘lgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing