Jizzaxdagi mudhish YTHda ikki kishi yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jizzax viloyati Forish tumani “Uchma” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “Jizzax - Forish - Qizilcha” 4R-36 yo‘lining 85- kilometrida yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi.

Navoiy viloyati Nurota tumani Sintop qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi J.S. boshqaruvidagi Cobalt Forish tumani Qo‘lba qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Z.D. boshqaruvidagi “GAZ-31” bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Cobalt`da yong‘in kelib chiqdi va ushbu avtomashina haydovchisi J.S. hamda yo‘lovchi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan. Xuddi shunday, “GAZ-31” haydovchisi B.T. tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur avtomashinada bo‘lgan haydovchining hamqishlog‘i yo‘lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

496

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing