Jizzaxdagi mudhish YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 5 avgust kuni Jizzax viloyatining Forish tumanida Isuzu yuk mashinasi va Nexia-2 to‘qnashdi. Oqibatda 5 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH 5 avgust kuni soat 7:00 lar atrofida Jizzax viloyatining Forish tumani hududidan o‘tgan 4R-36 “Jizzax-Forish-Qizilcha” avtomobil yo‘lining 46-kilometrida yuz bergan. 1976 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Beshkaltak mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli mashinani Jizzax-Forish yo‘nalishida boshqarib ketayotganda uxlab qolishi natijasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Forish tumani Sayyod mahalla Jayraxona qishlog‘ida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Nexia-2 haydovchisi, uning 4 nafar yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

620

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing