Jizzaxdagi mudhish YTH bo‘yicha ma’lumot berildi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Zomin tumanida sodir bo‘lgan ayanchli yo‘l-transport hodisasi aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, YTH joriy yilning 15 may kuni Zomin tumani hududidan o‘tgan 4R40 avtomobil yo‘lining 22 km.da yuz bergan. Haydovchi E.U. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning chap tomoniga to‘xtash maqsadida qarama-qarshi harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida velosipedda harakatlanib ketayotgan haydovchi 1988 y.t. T.X.ni urib yuborib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 1986 y.t. D.Q.ga tegishli bo‘lgan Nexia-3 rusumli transport vositasiga urilgan. Nexia-3  avtomashinasi zarbdan orqaga harakatlanib to‘xtab turgan Lacetti rusumli transport vositasiga urilgan.

Natijada, velosiped haydovchisi 32 yoshli T.X. tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zomin tumani IIO FMB YHXB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib ko‘rib chiqishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Zomin tuman sudining qarori bilan haydovchi E.U.ni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 133 va 137-moddalari bilan aybli deb topib, yetkazilgan zararni qoplash hamda unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

242

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing