Jizzaxdagi atrofi betonlangan daraxtlar tuproq yerga ko‘chirildi
Jamiyat
−
05 dekabr 2021
5723Avvalroq Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida 75 tup daraxt atrofi betonlab yuborilgani haqida xabar bergan edik. Holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, uning atrofi ochib qo‘yilgandi.
Biroq hududiy Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ishi ortidan tanqid tinmadi. Tinmaydiyam-da! Axir u daraxt o‘sib, tanasi yo‘g‘onlashgach, betonni yana buzish kerak bo‘ladi-ku.
Tarmoqda tinmagan tanqidlar ortidan bugun, 5 dekabr kuni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi daraxtlarni ariq va beton yo‘lak orasidag tuproq yerga ko‘chirib o‘tkazildi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining yozishicha, ko‘chirish imkoni bo‘lmagan ko‘p yillik daraxtlarning tagi yumshatildi.
LiveBarchasi