Jizzaxda zo‘ravon kuyov o‘z qaynog‘asini pichoqladi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani “Ko‘kgumbaz” MFYda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Z.N. singlisini kuyovi haqoratlab, urganligini eshitadi. Zo‘ravon kuyov bilan gaplashib olish maqsadida uni tungi soat 22:00 lar atrofida qishloq chekkasidagi dala maydoniga chaqiradi.

Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu joyda qayinog‘a G‘allaorol tumani “Ko‘kgumbaz” MFYda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan kuyovi D.N.ning yoqasidan tutib, singlisini nima uchun azoblayotganini so‘raydi. D.N. esa yonidagi oshxona pichog‘i bilan Z.N.ning qorniga uradi.

“Oqibatda qayinog‘a qorin bo‘shlig‘i old devor qismiga sanchilib, kesilgan jarohat bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazgan D.N.ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqt u hibsxonada.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

349

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing