Jizzaxda “Jiguli” 5 ta avtomobilga borib urildi

3-sahifa

image

Jizzaxda "Jiguli" rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chetida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Voqea 1 dekabr kuni soat 13:30 lar atrofida "Shodlik" MFY hududidan o‘tgan 4R36 "Jizzax-Yangi qishloq- Qizilcha" avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Unga ko‘ra, "Forish-Jizzax" yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan "Jiguli" haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, katta tezlikda ovqatlanish shoxobchasi yonida turgan 5 ta avtomobil bilan to‘qnashgan.

Ushbu YTH oqibatida "VAZ-2107" haydovchisi bosh miya jarohati bilan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ushbu transport vositasida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, 5 ta avtomobilga moddiy zarar yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan Jizzax shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax "Jiguli"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing