Jizzaxda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigini qo‘porib ketdi
3-sahifa
−
24 noyabr 2023
9925Jizzax viloyatida yuk mashinasi poyezd harakatlanuvchi ko‘prikning bir qismini qo‘porib ketdi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
AJ axborot xizmatining kecha, 23 noyabr kuni ma’lum qilishicha, HOWO rusumli yuk mashinasi “Jizzax-Sayxun” temiryo‘l uchastkasining Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida joylashgan temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotganida, borti bilan uning bir qismini shikastlagan.
Shu bois, xavfsizlik va tiklash ishlari uchun temiryo‘l ko‘prigi bir muddat yopilgan. Mutaxassislar shikastlangan ko‘prikni ta’mirlagan va poyezdlar harakatini tiklagan.
Aytish joiz, voqea sodir bo‘lgani haqidagi xabarlar shu oyning 19-20 sanalarida ijtimoiy tarmoqlarda tarqala boshladi. Kechikib bo‘lsa-da rasmiy munosabat berayotgan “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ ma’lumotlarida negadir aniq sana keltirilmagan.
LiveBarchasi