Jizzaxda YTH: Nexia-2 va bir yo‘lovchi yonib ketdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida ikkita yengil avtomobil to‘qnashishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi va oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

YTH kecha, 17 aprel kuni 19:00 larda 4P-190 avtomobil yo‘lining Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hududidan o‘tuvchi qismida yuz bergan. Zafarobod-Paxtakor yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia-2 mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi va qarama-qarshi yo‘nalishdagi Nexia-3 mashinasi bilan to‘qnashuvi natijasida mashinada yong‘in kelib chiqqan. 

Hodisa joyiga Zafarobod tumani FVBdan yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Qutqaruvchilar yong‘in joyiga soat19:14 da yetib borishgan, soat 19:19 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar fuqaro vafot etgan, yana uch nafar fuqaro turli tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yuz bergan YTHda ikkita mashina yonib ketdi. Fojiada 3 kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing