Jizzaxda yirik gaz quvuri portladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari chegarasida kuchli gumburlagan ovoz eshitilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, kecha, 30 mart kuni soat 21:57 da Jizzax viloyati Zarbdor tuman Nurafshon shirkat xo‘jaligi hududidan o‘tgan diametri 1020 mm bo‘lgan “Paxtakor-Yangiyer” magistral gaz quvuri I tarmog‘i 30 kilometrida yong‘insiz quvur yorilishi sodir bo‘lgan.

Tezkorlik bilan holat yuzasidan vakolatli organlarga xabar berilgan. Natijada soat 22:25 da “O‘ztransgaz” AJ markaziy dispetcherlik xizmati ko‘rsatmasi bilan “Paxtakor-Yangiyer” magistral gaz quvurining 19 km va 54 km da berkitish moslamalari to‘liq yopilgan.

Yorilish natijasida jarohatlangan yoki jabrlanganlar yo‘q.  

Soat 00:00 atrofida maxsus brigada zaruriy avariya tiklash texnika vositalari bilan voqea joyiga yetib borgan. Avariya oqibatlarini bartaraf etish, magistral gaz quvuri faoliyatini tezkorlik bilan tiklash maqsadida shtab tashkillashtirilgan.

Energetika vaziri Alisher Sultonov hodisa ko‘lami va uni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni bevosita o‘rganish hamda tegishli chora ko‘rish uchun zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

“Ayni paytda avariya tiklash ishlari olib borilmoqda. Hozirda uzunligi 36 metr bo‘lgan quvur montaj qilinyapti. Mazkur jarayonga malakali mutaxassislar hamda barcha zarur texnika vositalari jalb qilingan”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Bugun soat 17:00 ga qadar magistral gaz quvurini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur magistral gaz quvuri 1984 yilda ishga tushirilgan. Ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

172

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing