Jizzaxda yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘g‘irlab ketildi
3-sahifa
−
04 fevral
12277Jizzax viloyati Zafarobod tumanida notanish ayol shifoxonadan yangi tug‘ilgan egizaklardan birini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialida joriy yil 31 yanvar kuni taxminan kechki soat 19:30 larda 25-30 yoshlardagi yuziga tibbiy niqob taqqan notanish ayol Zafarobod tumani Yorqin shaharchasida yashovchi ayolning xonasiga kirib, “bolangizni shifokor ko‘rigiga olib boraman”, deb chaqaloqni olib ketgan va qaytib kelmagan.
Bildirilishicha, o‘sha kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida o‘g‘irlangan chaqaloq topilgan. Ushbu chaqaloqni olib ketgan shaxs protsessual tartibda qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi ko‘chalardan birida paket ichida yangi tug‘ilgan chaqaloq topilgan edi. Voqea joyiga yetib borgan xodimlar chaqaloqni tekshirib ko‘rgan va shifoxonaga olib borgan. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Tez tibbiy yordam shifokorining aytishicha, chaqaloqning tug‘ilganiga taxminan bir soat bo‘lgan. Uning kindigi ham noodatiy usulda kesilgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

