Jizzaxda yangi aerodrom qurildi (video)
Jamiyat
−
23 avgust 8626 2 daqiqa
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida yangi aeradrom qurildi. Bu haqda AvroRJ’s SKY xabar berdi.
“L-410 va ATR-72 mintaqaviy samolyotlarining paydo bo‘lishi bilan O‘zbekistonda yangi aeroportlar faol rivojlana boshladi. So‘nggi yillarda dastlabki bortlarni Zomin, Qo‘qon, Sariosiyo qabul qilgan bo‘lsa, bugun ularga yana bir aerodrom – Arnasoy qo‘shildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, aerodrom Aydarko‘l bo‘yida joylashgan. Bu ko‘l XX asr o‘rtalarida hosil bo‘lib, o‘ziga xos ekotizimga aylangan. Bugungi kunda u mamlakatning eng go‘zal maskanlaridan biri bo‘lib, u yerga odamlar dam olish, baliq ovlash va tabiiy manzaralardan bahramand bo‘lish uchun tashrif buyurmoqda.
Aerodrom parametrlari:
- Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi: 1700 m × 30 m, kurs 12/30;
- 2 ta to‘xtash joyi (ATR va L-410 uchun);
- Terminal.
Yangi yo‘lakni birinchi bo‘lib CASA C295W harbiy transport samolyoti sinab ko‘rgan. Aerodrom kelajakdagi kurort majmuasi uchun transport markaziga aylanib, hududni sayyohlar uchun ochilishi va bu yerga safarni maksimal darajada ko‘payishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi xabar qilingan edi. Transport vaziri Ilhom Mahkamovning so‘zlariga ko‘ra, yangi aeroport amaldagi Toshkent xalqaro aeroportidan 17 kilometr masofada, Toshkent–Samarqand yo‘nalishidagi mavjud avtomobil yo‘li va yaqin kelajakda barpo etiladigan pullik avtomagistralga yaqin hududda joylashadi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr