Jizzaxda yana prokuror o‘rinbosari pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Kecha, 15 noyabr kuni taxminan soat 16:30 larda huquqni muhofaza kiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati, Yangiobod tumani prokurorining o‘rinbosari pora olgan vaqtda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Tuman prokurori o‘rinbosari 8 000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan. Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgani aytilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda viloyat prokuraturasi xodimi DXX tomonidan 15 ming dollar pora olganda ushlangandi. Shuningdek, Jizzaxda prokuror va Samarqandda prokuror o‘rinbosari pora bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing