Jizzaxda vafot etgan bog‘cha bolasining jasadi ariqdan topildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Jizzax viloyatida bog‘cha bolasi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Bolaning jasadi dala maydonidan oqib o‘tuvchi ariqdan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Joriy yilning 15 fevral kuni soat 09:00 larda viloyatning Do‘stlik tumanida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari nazoratsiz qoldirishi oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola tashkilot hovlisidan chiqib ketgan.

Shundan so‘ng, shu kuni soat 13:00 larda 1 nafar 2021 yilda tug‘ilgan qiz bog‘chadan taxminan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi maydonidan oqib o‘tuvchi ariqdan vafot etgan holda topilgan.

Mazkur holatda Jinoyat kodeksining 192-11 (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 207- (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligini, holat bo‘yicha bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib qonuniy to‘xtamga kelib bo‘lmasligini inobatga olib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmokda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentdagi maktab hududidan 3-sinf o‘quvchisi o‘lik holda topilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax bog'cha bolasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing