Jizzaxda o‘quvchilarni olib ketayotgan avtobuslar to‘qnashdi
3-sahifa
−
20 aprel 2022
7900Joriy yilning 17 aprel kuni Jizzaxda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobuslar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilar Samarqand shahriga sayohat uchun olib borilgan.Qaytishda G‘allaorol tumanida Toshkent –Termiz M-39 avtobil yo‘lining 1018-kmda haydovchilarning belgilangan masofani saqlamasligi bir avtobus boshqasining orqasidan urishiga sabab bo‘lgan.
YTH oqibatida Sharof Rashidov tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ikki nafar 8-sinf o‘quvchisi yengil tan jarohati olgan. Ularga Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Surishtiruvda YTH ishtirokchilari bo‘lgan avtobuslar Zarbdor tumani XTBga qarashli 2-maktab rahbariyati tomonidan yollangani va ular o‘quvchilarni o‘zboshimchalik bilan tegishli davlat organlarining ruxsati hamda kuzatuvisiz sayohatga olib borishgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, viloyat XTB tomonidan mas’uliyatsizlik qilgan maktab direktorlariga ogohlantirish berilgan va ayrim xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
LiveBarchasi