Jizzaxda tug‘ilgan kunga borgan mehmonlar koronavirusga chalindi
Jamiyat
−
26 iyun 2020
19513Kecha, 25 iyun kuni O‘zbekistonda 276 holatda kasallik aniqlanib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Aholi orasida Toshkent shahrida 17 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Jizzax viloyatida 2 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Z.X.da, Qibray tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroda (har ikki holatda ham tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan), Parkent tumanida yashovchi Sh.A.da ham kasallik aniqlangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, Jizzaxdagi tug‘ilgan kun marosimi ham koronavirus tarqalishiga sabab bo‘lgan.
“Jizzax viloyati Sharof Rashidov va Jizzax tumanlarida yashovchi 2 nafar fuqaroda (Sharof Rashidov tumaniga tug‘ilgan kun nishonlashga borishgan, shundan so‘ng tana harorati ko‘tarilganligi sababli namuna topshirgan), Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi S.A.da (Rossiya harbiy kosmonavtlar akademiyasi talabasi. Shu yilning 12 may kuni Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan va 27 mayda karantin muassasasidan chiqqan) koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi