Namanganda koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni ko‘paydi
Jamiyat
−
22 Iyun 2020 8728 1 daqiqa
Namanganda 7 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 4384 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Bugun, 22 iyun kuni Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tuzalganlarning 6 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 39 yoshda bo‘lsa, yoshi kichigi 20 yoshda.
Endilikda Namangan viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 265 nafarga yetdi.
Hozirda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4384 nafarni tashkil etmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr