O‘zbekistonda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha 9,5 oydagi eng past ko‘rsatkich yangilandi

Jamiyat

image

Kecha, 27 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 198 487 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 100 kishida koronavirus aniqlangan va bu joriy yilning 15 martidan beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 10 nafari Andijon viloyatida;
  • 7 nafari Buxoro viloyatida;
  • 2 nafari Jizzax viloyatida;
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 4 nafari Namangan viloyatida;
  • 12 nafari Samarqand viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 7 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 10 nafari Xorazm viloyatida;
  • 1 nafari Toshkent viloyatida;
  • 35 nafari Toshkent shahrid aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 6 nafar;
  • Buxoro viloyatida 12 nafar;
  • Jizzax viloyatida 6 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar;
  • Namangan viloyatida 6 nafar;
  • Samarqand viloyatida 18 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 5 nafar;
  • Xorazm viloyatida 12 nafar; 
  • Toshkent viloyatida 23 nafar;
  • Toshkent shahrida 46 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 195520 (+143) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1484 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekiston

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing