Toshkentda yana ikki bemor koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
03 avgust 2020
8425Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 60 yoshli bemor G.S.da (ayol)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, Bekobod shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, gepatoz, surunkali pankreatit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 67 yoshli bemor E.A. (erkak)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangandan so‘ng bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilganligi, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan.
Unga ham “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Har ikki bemor o‘tkir yurak qon-tomir, nafas va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
LiveBarchasi