Jizzaxda sobiq sudyaga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U qidiruvga berildi

3-sahifa

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Do‘stlik tumani sudi sobiq raisi pora olishda gumonlanib, hozirda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Do‘stlik tuman sudi sobiq raisi ish sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlash evaziga advokat orqali muayyan miqdorda pora olishda gumonlanmoqda. 

Sobiq sudyaga nisbatan joriy yilning 29 mart kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq, gumonlanuvchi tergov organiga kelishdan bosh tortib, yashiringani sababli unga nisbatan sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan xolda qidiruv e’lon qilingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish)da gumonlanayotgani ko‘rsatilgan.

Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibining ma’lum qilinishicha, sobiq sudya ishga ma’suliyatsiz yondashuvi tufayli jori yilning 5 aprel kuni  Jizzax viloyati JIB Do‘stlik tuman sudining raisi vazifasidan ozod etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing