Jizzaxda prokuratura xodimi koronavirus yuqtirgani haqida yolg‘on xabar tarqatildi – BP
Jamiyat
−
10 aprel 2020
6587Jizzaxda koronavirus haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida “Koronavirus” kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a’zolari bilan muloqotda bo‘lgan shifokor bemorlarni qabul qilishni davom ettirayotganligi sababli tegishli chora ko‘rish kerakligi haqidagi audioyozuvlar tarqalgan.
Aniqlanishicha, fuqaro A.J. joriy yilning 7 aprel kuni Jizzax viloyati bo‘yicha tuzilgan Koronavirus shtabiga qo‘ng‘iroq qilib, koronavirus kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatgan “Doktor A” xususiy shifoxonasi shifokori xaligacha o‘z shifoxonasida bemorlarni qabul qilayotganligi sababli tegishli chora ko‘rish kerakligini bildirgan.
So‘ng, u viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga ko‘ng‘iroq qilib, javob bergan navbatchilarga “Doktor A” xususiy shifoxonasi shifokorini tekshirib ko‘rishligini aks holda ular bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayoni yozib olingan audioyozuvni Internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborishini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan kecha, 9 aprel kuni fuqaro J.A.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi