Jizzaxda mudhish jinoyat: 9-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi

Jamiyat

image

Jizzaxda 9-sinf o‘quvchisi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Gap shundaki, joriy yilning 14 noyabr kuni Jizzax shahar “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Jizzax shahar 5-sonli o‘rta maktabning 15 yashar o‘quvchisi sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli RSHTYOIMning Jizzax filialiga murojaat qiladi. 

RSHTYOIMning Jizzax filialida uning xomilador ekanligi ma’lum bo‘ladi. Unga Jizzax viloyati Perinatal markaziga yo‘llanma berilgan bo‘lib, u shu kuni 1-tug‘ruq bo‘limida 34 haftalik o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi. 
 
Holat yuzasidan bugun, 19 noyabr kuni Jizzax shahar IIO FMB qoshidagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

1452

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing