Jizzaxda 3,3 mlrd so‘mlik elektr o‘marildi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura shtabi tomonidan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “A. S. D.” MCHJga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanilib, 315,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu tumanda joylashgan “A. S.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlangan. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 milliard 35 million so‘mni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda 11 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing