Jizzaxda mudhish jinoyat: 9-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi
Jamiyat
−
19 Noyabr 2019 36340 1 daqiqa
Jizzaxda 9-sinf o‘quvchisi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Gap shundaki, joriy yilning 14 noyabr kuni Jizzax shahar “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Jizzax shahar 5-sonli o‘rta maktabning 15 yashar o‘quvchisi sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli RSHTYOIMning Jizzax filialiga murojaat qiladi.
RSHTYOIMning Jizzax filialida uning xomilador ekanligi ma’lum bo‘ladi. Unga Jizzax viloyati Perinatal markaziga yo‘llanma berilgan bo‘lib, u shu kuni 1-tug‘ruq bo‘limida 34 haftalik o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi.
Holat yuzasidan bugun, 19 noyabr kuni Jizzax shahar IIO FMB qoshidagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr