Jizzaxda mast haydovchi urib yuborgan 20 yoshli yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 19 mart kuni Jizzaxda Nexia-2 haydovchisi piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Forish tumani Egizbuloq mahallasidagi ichki yo‘lda soat 21:15 larda mast qiluvchi ichimlik  iste’mol qilgan 45 yoshli haydovchi Nexia-2 rusumli  mashinasi bilan harakatlanib kelayotib, yo‘l chetidan ketayotgan 20 yoshli piyodani urib yuborgan. So‘ng jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. 

Ayni paytda jabrlanuvchi bilan birga bo‘lgan hamkasbi uni shifoxonaga olib borgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan 20 yoshli yigit vafot etgan.

"Holat bo‘yicha Forish tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi ayblanuvchi tariqasida ushlandi va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi", deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lgan yigit Milliy gvardiya xodimi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax IIB YHXB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing