Jizzaxda maktab o‘quvchisi dars paytida to‘satdan vafot etdi
3-sahifa
−
16 Sentabr 2020
43398Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yili boshlanganining birinchi kunida kutilmagan hodisa yuz berdi. Maktabning 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.
Hodisa 3-soatda Informatika darsida yuz bergan. Dars tugashiga 15 daqiqa qolganda o‘quvchi xushidan ketgan. Dars o‘tayotgan ikki o‘qituvchi boshqa o‘quvchilarni sinfdan chiqarib, xushidan ketgan o‘quvchini hamshiraga olib borishgan, shifokorlar ham yetib kelgan.
Maktab direktori o‘rinbosari Dilnoza Hatamovaning so‘zlariga ko‘ra, dars vaqtida vafot etgan 9-“V” sinf o‘quvchisi ertalab maktabga kelganda uning holati juda yaxshi bo‘lgan. Tana harorati ham joyida bo‘lgan. Barcha o‘quvchilar qatorida antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan.
Shu kuni “Xavaslik” Qishloq vrachlik punkti shifokoralari 1-sinf o‘quvchilarini emlash uchun maktabga kelgan bo‘lgan. Ular xushidan ketgan o‘quvchi qizga birinchi yordam ko‘rsatishgan.
Voqea joyida bo‘lgan QVP shifokori Shahboz Usmonov qizda birinchi hayotlik belgilarini tekshirib, hech qanday belgi ko‘rinmagan bo‘lsa-da, unga o‘pka-yurak reanimatsiyasini amalga oshirgan. 15 daqiqalik reanimatsiya harakatidan keyin ham bemorda hayotlik belgilari tiklanmagan. Bundan tashqari, o‘quvchi qizga tashqi yurak massaji qilingan va sun’iy nafas berib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ammo buning foydasi bo‘lmagan.
Qayd etilishcha, ayni vaqtda o‘quvchi qizning to‘satdan vafot etishi yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan surishtiruv va ekspertiza ishlari olib borilyapti.
LiveBarchasi