Jizzaxda magistral gaz quvuri yorildi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2019
3593Kecha, 21 oktyabr kuni Jizzax viloyatida 35 yillik magistral gaz quvuri yorilib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi xabar bermoqda.
21 oktyabr kuni soat taxminan 09:47 da “G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi”ga qarashli 1984 yilda ishga tushirilgan yuqori bosimli diametri 1020 mm bo‘lgan “Paxtakor-Yangiyer” magistral gaz quvuri I tarmog‘ining 17 km.da yong‘insiz holatda quvur yorilib ketdi.
Hozirda avariyani bartaraf etish va magistral gaz quvurni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, Iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda uzilishlar bo‘lmaydi.