Jizzaxda kuchli shamol 25 ta daraxtni qo‘porib tashladi
Jamiyat
−
20 yanvar 2022 6500 1 daqiqa
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida kuchli shamol ayrim ignabargli daraxtlarni ildizi bilan ko‘porib tashladi. Bu haqda gidrometeorolog Erkin Abdulahatov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
G‘allaorol tumaning “Qo‘ytosh” SHFY hududida kecha, 19 yanvar kuni esgan kuchli shamol hududdagi noyob turdagi 25 ta archa daraxtlarini ildizi bilan yiqitgan.

O‘zgidrometning “G‘allaorol” kuzatuv stansiyasida 19 yanvar kuni soat 12:30 da g‘arbiy yo‘nalishdagi shamol tezligi 12 m/s, kuchayganda 25 m/s tezlikda esgan.
Oldinroq, 19 yanvar kuni Jizzax viloyati hududlarida 23 m/s tezlikda shamol esishi haqida shtorm ogohlantirish e’lon qilingandi.



Live
Barchasi