Jizzaxda kanaldan 5 yoshli bolaning murdasi topildi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatidagi kanaldan bedarak yo‘qolgan bolaning murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi

Aniqlanishicha, Baxmal tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi fuqaro J.X. 5 yoshli farzandi A.A. 2023 yil 3 may kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligi haqida murojaat qilgan.

Oradan ikki kun o‘tib, 5 may kuni voyaga yetmagan A.A.ning murdasi “Tuyatortar” kanalidan topilgan.

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bildirilishicha, hozirda Baxmal tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3 aprel kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi ariq chetidan 3 yashar bolaning murdasi topilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax kanal bedarak yo'qolgan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing