Jizzaxda qulagan bino mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Avvalroq Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Shundan so‘ng, Bosh prokuraturaning bugun bergan ma’lumotiga ko‘ra, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, binoning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilgan. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qilishi belgilab qo‘yilgandi.

Shuningdek, binoning qulash sabablarini aniqlash borasida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotgandi.

Keyinchalik, Jizzaxda qulab tushgan binoni chorvador fermer qurayotgan bo‘lgani aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing