Ramatov rahbarligida Jizzaxdagi bino qulashining sabablari o‘rganiladi
Jamiyat
−
11 yanvar 2021
12838Avvalroq Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Qurilayotgan 6 qavatli uyning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qilishi belgilab qo‘yilgan.
Komissiya tarkibiga Prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar hamda loyiha tashkilotlari kiritilgan.
Ushbu Hukumat komissiyasi zimmasiga, 6 qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil bo‘lgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilganligi, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaldagi normativ-me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.
LiveBarchasi