Jizzaxda itni elektr arra yordamida jarohatlagan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
13 iyun 2023
10704Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatida noma’lum shaxs itga elektr arra yordamida jarohat yetkazganiga oid xabar va fotosuratlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, mazkur qonunbuzarlik joriy yilning 12 iyun kuni Do‘stlik tumanining Alisher Navoiy mahallasida yashovchi H.Q. tomonidan sodir etilgan. Tarqalgan suratlarda ko‘rinib turibdiki, shaxs tomonidan itning bosh qismiga elektr arra bilan jarohat yetkazilgan
Ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga ko‘ra, ya’ni hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan, ularni g‘arazli, boshqa past niyatlarda qiynoqqa solgan yoki ularga azob bergan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
LiveBarchasi