Jizzaxda ikki kishi mudhish YTHda halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 iyul kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani “Oqtom” MFY hududidan o‘tgan 4R-40 “G‘allaorol-O‘smat” yo‘lining 40 km.da yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

YTH soat 15:00 larda sodir bo‘lgan. 35 yoshli B.R. Nexia rusumli avtomashinani G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 37 yoshli O.X.ning Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, Damas rusumli avtomashina yo‘lovchilari 42 yoshli E.S. va 47 yoshli Sh.E. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Nexia rusumli avtomashina haydovchisi B.R., yo‘lovchisi 28-yoshli F.A. va 15 yoshli B.N. G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

1


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing