Jizzaxda Gentra maktab o‘quvchilarini urib ketdi. Bolalar halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi "Oqtom" mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi  xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 15 aprel kuni soat 12:40 larda sodir bo‘lgan. Bahmal tumanida yashovchi 32 yoshli haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Gentra rusumli avtomobilida yuqori tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda maktab tomon harakatlanib ketayotgan 5- va 7-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan.

"100 tezlikda kelayotgandim. Boshqaruvni yo‘qotdim. Asfalt yo‘lida yomg‘ir edi. Mashinamning orqasi o‘ynab ketdi. Qo‘rqqanimdan rulni to‘g‘rilay olmadim. Bolalarni urib yubordim", deydi haydovchi.

YTH oqibatida bolalar vafot etgan. Mashina yo‘l chetida bog‘lanib turgan qoramolni ham urib ketgan. Mashina zarbi kuchidan u ham halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Haydovchi 2023 yilning dekabr oyidan shu kungacha 11 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing