Jizzaxda er xotinini o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida er o‘zaro janjal oqibatida xotinini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2 sentyabr kuni soat 15:20 larda tumandagi “Yangi hayot” MFYda yashovchi er-xotin o‘zaro janjallashib qolgan. Mojaro payti 1983 yilda tug‘ilgan xonadon sohibi turmush o‘rtog‘ining ko‘krak qafasining chap tomoniga o‘tkir tig‘li buyum bilan bir necha marotaba zarba bergan.

Hayot uchun xavfli tan jarohati olgan uy bekasi voqea joyida vafot etgan. Juftlikning uch nafar farzandi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

723

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing