Jizzaxda choyxonada boshlangan yong‘in bozorga o‘tib ketdi

3-sahifa

image

17 may kuni Jizzax viloyatidagi bozor hududida joylashgan choyxonada yong‘in chiqqani xabar qilingandi. Ushbu hodisa oqibatida savdo do‘konlarining ham taxminan 400-500 kvadrat metr maydoni yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta maxsus, 2 ta yordamchi texnikalar jalb etilgan. Yong‘in oqibatida 2 qavatli umumiy ovqatlanish shoxobchasi va savdo do‘konlarining taxminan 400-500 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.

Hodisa tufayli tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida FVBga xabar tushmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qayd etish joiz, ushbu yong‘in 17 may kuni sodir bo‘lgan edi. Dastlab 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, soat 13:39 da qurshab olingan. Shundan 1 soat-u 11 daqiqa o‘tgandan so‘ng, soat 14:50 da yong‘in o‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 may Toshkent shahar Sergeli tumani joylashgan bir-biriga tutash 2 ta uyda yong‘in chiqqani xabar qilingan edi. Yong‘in oqibatida uylarning taxminan 300 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in bozor Jizzax choyxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing