Jizzaxda brakoner Departament xodimini avtomobilida urib ketdi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida noqonuniy baliq ovlayotgan  uni aniqlagan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘ini jarohatladi. Mazkur shaxs avtotransport vositasini davlat xizmatchisining ustiga haydab, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslardan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Tabiat resurslari vazirligining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda “Arnasoy” kanali bo‘yida tunda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Arnasoy tumanida yashovchi K.S. va boshqalar elektr qarmoqlaridan foydalangan holda noqonuniy baliq ovlayotganliklari aniqlangan. 

Keltirilishicha, K.S. xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning qonuniy talablariga amal qilmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. U noqonuniy ovlagan baliqlari va boshqa ashyoviy dalillarni yo‘q qilish maqsadida o‘zining Nexia 3 rusumli avtotransport vositasini Departament bo‘lim boshlig‘i P.O.ning ustiga haydab, uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirish orqali tan jarohati yetkazgan.   

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Aydar-Arnasoy brakon'er Departament xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing