Jizzaxda bog‘cha bolasi vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi mazkur holatga izoh berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 15 fevral kuni Do‘stlik tumanidagi mahallalarning birida joylashgan “N.Sh.” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi nazoratsiz qolishi oqibatida chiqib ketib, vafot etgan.

"Holat yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda", deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda tarbiyachi tomonidan bog‘cha bolasi kaltaklangan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

bog'cha Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing