Jizzaxda 72 yoshli otaxon koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
29 iyun 2020
8206O‘zbekistonda koronavirus sabab navbatdagi o‘lim holati qayd etildi. Mamlakatda ushbu virusdan o‘lim holatlari 24 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi, 72 yoshli otaxon Q.R. joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. 22 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unda 25 iyun kuni koronavirus aniqlangan. Bemorga “Koronavirus infeksiyasi og‘ir kechishi, chap tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi 2-daraja” tashxisi, shuningdek, “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet og‘ir kechishi” qo‘shimcha tashxisi ham qo‘yilgan.
Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet tashxisi bilan davolanib yurgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.
So‘nggi kunlarda nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan hamda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi