Jizzaxda 70 yoshli onaxon koronavirusdan o‘ldi. Uning eri ham virus qurboni bo‘lgandi
Jamiyat
−
30 iyun 2020
9828O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Natijada koronavirusdan o‘lim holatlari 25 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi 70 yoshli onaxon F.O.joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi. Uning turmush o‘rtog‘i, koronavirusga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R.ning vafot etgandi.
23 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi” tashxisi qo‘yilgan.
Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli maxalliy shifokorlar bilan bir qatorda mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham nazoratga olinib, konsiliumlar o‘tkazilgan.
So‘nggi kunlarda bemorning nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga olingan.
Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.
LiveBarchasi