Jizzaxda 5 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati Baxmal tumanida 5 yashar go‘dak yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Baxmal tumani, "Tongotar" qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.E. DAMAS rusumli avtomashinasini "Bog‘ishamol" qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “O‘smat-Alamli-Kildon” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib, voyaga yetmagan 5 yoshli o‘g‘il bolani urib yuborgan.

Bola voqea joyida vafot etgan.
 
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing