Jizzaxda 30 ga yaqin xonadonni suv bosdi (video)

Jamiyat

−

image

Bugun, 14 fevral kuni Jizzax viloyatining Forish tumanidagi ko‘plab xonadonlarni suv bosdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 04:53 da Forish tumanida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida “Qizilqum” MFY Qizilqum qishlog‘idan sel-suvlari oqimlari oqib o‘tishi kuzatilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qizilqum qishlog‘ining Erali ko‘chasidagi taxminan 30 ga yaqin aholi xonadonlarning hovlisi va tomorqalariga sel-suvlari kirishi kuzatilgan.

Vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga barcha zarur texnika va kuch-vositalar jalb etilgan. Hodisa oqibatida vafot etgan va jarohat olganlar yo‘q.

Qo‘shimcha qilinishicha, vaziyat viloyat FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Shuningdek, kecha, 13 fevral kuni 22:05 da tumanning Yangiqishloq shaharchasidan o‘tgan avtomobil yo‘liga yashin ham tushgan. Bu voqeada ham hech qanday talofat kuzatilmagan.

O‘zgidrometga ko‘ra, kecha, 13 fevral kuni Forish tumanining Yangiqishloq meteostansiyasida soat 21:04 dan 21:07 gacha diametri 0,7 mm bo‘lgan do‘l yog‘ib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumaniga sel kelgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing