Jizzaxda 1,1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagan sex aniqlandi
3-sahifa
−
12 noyabr
2779Jizzax viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, energetika xavfsizligi oyligi doirasida “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirda Sharof Rashidov tumanida fuqaro S.O‘. ga tegishli darvoza yasash sexida elektr qurilmalarini (quvvati 16,3 kVt) shartnomasiz, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 160 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qariyb 5 mlrd so‘mlik gaz va “svet”ni o‘g‘irlagan “zapravka”lar aniqlangandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr