Jizzaxda haydovchini so‘kkan YPX xodimi lavozimidan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Avvalroq Jizzax shahrida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchini haqorat qilgan viloyat IIB YHXB YPX xodimiga nisbatan xizmat surishtiruvi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Mazkur YPX xodimi egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablarini buzgani uchun Jizzax viloyati IIB YHXB YPX xodimi Sh.M. egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha xulosa qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 aprel kuni Jizzax shahar Islom Karimov shoh ko‘chasida YPX xodimi haydovchidan me’yoriy hujjatlarini taqdim qilishini so‘raganida u hujjatlarini taqdim eta olmagan. Haydovchi A.J.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, “VAZ-2108” vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga maxsus evakuator yordamida olib ketilayotganda haydovchi YPX xodimiga e’tiroz bildirib, qarshilik ko‘rsatgan. YPX inspektori Sh.M. haydovchi bilan muloqot jarayonida nosamimiy munosabatda bo‘lib, uni so‘kib, haqoratlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing