Jizzahda mudhish YTH! Ikki kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
30 aprel 2020
9491Kecha, 29 aprel kuni soat 18:00 da Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o‘tgan “Toshkent-Termiz” yo‘nalishli M-39 yo‘lining 967-kilometrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 2 kishi halok bo‘ldi va 4 kishi jarohatlandi.
Haydovchi 25 yoshli B.E. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinani Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashina yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ag‘darilib ketgan.
Natijada B.E.ning o‘zi va avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 13 yoshli Z.E. hodisa joyida vafot etgan.
Avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilar: 35 yoshli M.M., 14 yoshli U.E., 12 yoshli A.E. va 6 yoshli S.E. tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi