Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yer silkinishi sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 14 noyabr kuni soat 15:42 da Jizzax va Sirdaryo viloyatlari 3-2 balli yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVVning Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Epimarkaz: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani. 

Zilzila koordinatalari: 

- 40,24 gradus shimoliy kenglik; 
- 68,31 gradus sharqiy uzunlik. 
- Magnituda M=3,1. 
- Chuqurlik 15 km. 
- Zilzila epimarkazi Toshkentdan 137 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

- Sardoba tumanida 3 ball, 10 km;
- Zarbdor tumanida 3 ball, 16 km;
- Paxtakor tumanida 2-3 ball, 26 km;
- Oqoltin tumanida 2 ball, 32 km;
- Xovos tumanida 2 ball, 34 km.

Avvalroq, Andijon viloyatida ham 3 balli zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Jizzax

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing