Jizzax shahrining sobiq hokimi yangi “kursi”ga o‘tirdi
Jamiyat
−
04 fevral 2021 17503 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Akbar Safarovich Shukurov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qaror bilan u ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari – “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasi direktori etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Akbar Shukurov 2018 yil aprelidan joriy yilning 19 yanvarigacha Jizzax shahar hokimi bo‘lgan.
Shuningdek, Akbar Shukurov 2011-2017 yillarda Samarqand shahri hokimi, 2017-2018 yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025