Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmatiga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
3938O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Otabek Normo‘minovich Eshmamatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati rahbari, vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Otabek Eshmamatov Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent davlat san’at institutining (hozirgi O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti) bakalavr, 2003 yil magistr darajasini olgan.
Jurnalistik faoliyatini 1997 yil O‘zbekiston radiosi "Yoshlar" kanalida boshlagan.
Keyinchalik O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining "Sport" teleradiokanalida sharhlovchi, 1-toifali mutaxassis, katta muharrir, "Mahalla" teleradiokanalida "Ijtimoiy-huquqiy dasturlar" muharririyati sharhlovchisi, Mediametriya va reyting sektori bosh mutaxassisi, "Badiiy-ma’rifiy dasturlar" muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-sayt axborot tahririyati mas’ul muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi