Sport vazirligi huzuridagi jamg‘armalardan biri tugatildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Jismoniy tarbiya va sport ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasini tugatish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Shuningdek, quyidagilar belgilab qo‘yiladi:

•    tugatilayotgan Jamg‘armaning jismoniy tarbiya va sport ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha moliyalashtirish funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatiladi;

•    jismoniy tarbiya va sport ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyihalar hamda ularning manzilli ro‘yxatlari har yili Vazirlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kelishilgan holda shakllantiriladi hamda navbatdagi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritiladi;

•    tugatilayotgan Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib kelingan jismoniy tarbiya va sport ob’ektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda yetkazib berish, respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish xarajatlari har yili sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladi va O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va moliyalashtirish uchun har yili belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, shuningdek, tuman (shahar) byudjetlari mablag‘lari nazarda tutiladi;

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019 yilga mo‘ljallangan jismoniy tarbiya va sport ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladi;

•    tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarini, ulardagi bosh buxgalter lavozimlarini qisqartirgan holda, saqlash bilan bog‘liq xarajatlar tuman (shahar) byudjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamharma

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing