Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Nodir Xo‘jamqulovich Murodov Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Nodir Murodov Guliston davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri mutaxassisligiga ega. 

Nodir Murodov mehnat faoliyatini Boyovut tumanidagi “Murod” fermer xo‘jaligida ish yurituvchi lavozimidan boshlab, so‘ngra Respublika ta’lim markazi hamda Xalq ta’limi vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. 

2019 yildan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat xaridlarini tartibga solish va Monitoring boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Davlat xaridlarini boshqarish metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing